Milliy kiyim kiyish – tarixni yurak bilan his qilishdir
03.03.2025

Joriy yilning 28-fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dotsentlari F.Yunusova va U.Nasriddinovalar talabalarga milliy liboslarida dars o‘tdilar, Bu esa yoshlar qalbida milliy liboslarga muhabbat tuyg‘usini oshirishdir. Milliy liboslar moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi mezon hisoblanadi. Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyligi, quvonchli voqealar namoyon bo‘ladi.
Milliy libosda o‘tilgan darslar talabalarda yoqimli ta’sirot qoldirdi.
"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti
Universitet matbuot xizmati



