Har bir kun yangi imkoniyat

03.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Dangasalikni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlash va undan qutulish yo‘llarini ko‘rsatish, talabalarga dangasalikning inson ruhiyati va hayot sifatiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushuntirish, faollik va mehnatsevarlikning inson hayotida muvaffaqiyatga erishishda o‘rni muhimligini tushuntirish, yoshlarni dangasalikdan xalos bo‘lishga undash va ularga motivatsiya berish 2025-yil 3-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.Muhammedova hamda "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori A.Shonazarov va D.Xudoynazarovalar hamkorlikda 220-auditoriyada "Ekologiya va huquq" fakulteti 1-kurs filologiya yo‘nalishi  124-125-130-guruh talaba yoshlari bilan "Dangasalikning inson psixologiyasiga salbiy ta’siri" mavzusida seminar trening o‘tkazdilar. 

  Mashg‘ulotning  vazifalari:

  • Ishtirokchilarga dangasalikning ruhiy va jismoniy salomatlikka salbiy ta’sirini tushuntirish;
  • Dangasalikni keltirib chiqaruvchi sabablar va undan qutulish usullari haqida ma’lumot berish;
  • Intizom muhimligini anglashga ko‘maklashish, aniq maqsadlar qo‘yish xususiyatlarini shakllantirishdan iborat.

  Tadbirda: “Sabab va maqsad”, “5 daqiqalik qoida”, “Kichik qadamlar”, “Pamodoro” kabi texnikalar orqali dangasalikni yengish yo‘l yo‘riqlari haqida tavsiyalar berib o‘tildi.  

  Dangasalikni yengish uchun irodani mustahkamlash va intizomli hayot tarzini yo‘lga qo‘yish muhim. Mehnatsevarlik va faol hayot kechirish shaxsiy rivojlanishga, muvaffaqiyatga erishishga hamda insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli, har bir kishi dangasalikdan voz kechib, o‘z hayotida faol harakat qilishga intilishi lozim.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova, "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori A.Shonazarov va D.Xudoynazarovalar axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati