Maktab – Universitet hamkorligi

03.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  «Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsentlari Аdham Mamataliyev, Dilbar Аbduraimova va Mahbuba Hayitovalar Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 19 va 32-maktablarga tashrif buyurishdi. “Kafedra-maktab” hamkorligi doirasidagi uchrashuvlarning ko‘proq maktab o‘quvchilarining qiziqishlari va takliflari asosida tashkil qilinayotganligi sababli, bu safargi uchrashuv ham maktab o‘quvchilarining o‘tgan uchrashuvdagi takliflari asosida tashkil qilindi va ularga Universitetimizdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

  Uchrashuv maktab o‘quvchilarida Universitetimizga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi. Buni o‘quvchilar tomonidan berilayotgan ko‘plab savollarda ham ko‘rish mumkin bo‘ldi. Аjabmaski, bunday uchrashuvlar natijasi bu o‘quvchilardan bir qanchalari yaqin vaqtlarda universitetimiz talabasi va so‘ngra kelajakda qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga turtki bo‘lsa.

Universitet  matbuot xizmati