Universitetimiz talabalariga Filippin mamlakati vakillari tomonidan master klass tashkil qilindi

03.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Ma’lumki, Filippin davlati dunyodagi uchinchi eng katta ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakat hisoblanib, mazkur mamlakat Osiyo, Yevropa va Amerika davlatlari ta’sirlarini birlashtirgan va uyg‘unlashtirgan boy tarixga egaligi barchamizga ma’lum.

  Joriy yilning 27-fevral sanasida universitetimizning “Ekologiya va huquq” fakulteti, “Dasturiy muhandislik” ta’lim yo‘nalishining 114-guruh talabalariga Filippin mamlakati vakillari tomonidan master klass tashkil qilindi. Mazkur tadbir universitetning "Iqtisodiyot" Fakulteti, "Ingliz tili" kafedrasi dotsenti Gozal Eshchanova tashabbusi bilan B-korpus, 226-xonasida tashkil qilindi.

  Mazkur master klass “Tizimli o‘ylash va ijodkorona yondashish orqali istiqbolli rejalarni tuzish” mavzusida tashkil qilinib, qatnashuvchilarga har qanday vaziyatda tizimli tafakkur qilish, rejalar sari olg‘a intilish kabi yondashuvlar haqida yetarli darajada ma’lumotlar berildi.Masalan, oliygohni tugatish va keyingi rejalarni tuzish va ularni amalga oshishi uchun qanday sa’yi harakatlar muhimligi muhokama qilindi.

  Mavzu doirasida mehmonlar tomonidan kofe tayyorlashda tizimli o‘ylash metodi qo‘llanildi.Talabalar bilan ingliz tilida qizg‘in muzokaralar olib borildi.

  Umid qilamizki, bu kabi uchrashuvlar talabalarda xorijiy tillarni yanada mukammal egallashlariga yordam berib, kommunikativ qobiliyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.