Turkmanistonlik talabalarning muzeyga tashrifi

03.03.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Turkmanistonlik talabalarning muzeyga tashrifi

 Joriy yilning 28-fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ra’no Kodirova universitetda ta’lim olayotgan Turkmaniston respublikasidan kelgan talaba yoshlar bilan Universitetda  joylashgan "Abdulla Oripov" va "Universitet tarixi" muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzeyga tashrif buyurish chinakam ma’noda ma’naviy ziyoratdir. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Sababi bu yerda adabiyotni va san’atni qadrlagan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripovni bosib o‘tgan hayot yo‘li, ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lish mumkin.

  Abdulla Oripov muzeyida  ma’rifiy suhbat qurdilar. Tashrif doirasida talaba yoshlar  shoirni hayot yo‘li, ijodi bilan tanishib, chin  qalblaridan shoir siymosiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tuydilar. 

  Shundan so‘ng universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif sermazmun, foydali, qizg‘in,quvnoq o‘tdi. 

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ra’no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati