“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiga Xitoyning Northwest A&F University(NWAFU)ning professor-o‘qituvchilari tashrifi

01.03.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

  “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetiga Xitoyning Northwest A&F University(NWAFU)ning professor-o‘qituvchilari tashrifi

Universitet rektori professor B.Mirzayev rahbarligidagi professorlar Xitoyning Northwest A&F University (NWAFU) xalqaro ta’lim fakulteti dekani Hu Xiaohui boshchiligidagi professorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar va tadqiqotchilar o‘quv tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, magistratura hamda doktorantura ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi.

  Kelishuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, aqlli qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti sohalarida yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi. Ushbu hamkorlik, mavjud yutuqlarni yanada rivojlantirish bilan birga, innovatsion yechimlar va ilg‘or texnologiyalar yordamida ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada mukammallashtirishga ham yo‘naltirilgan.

  Tashrif doirasida xitoylik mehmonlar tomonidan universitet talaba yoshlariga seminar-trening ham tashkil etildi. Seminar-treningda Xitoyda ta’lim olish, talabalar, magistrantlar va yosh olimlarga yaratib berilgan imkoniyat haqida ma’lumotlar berildi.