Nazariy bilimlar amaliy bilimlar bilan mustahkamlanmoqda

01.03.2025

#Tadqiqotlar #Yangilik

  Nazariy bilimlar amaliy bilimlar bilan mustahkamlanmoqda'

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining bir guruh olimlari yoqilg‘i va energoresurslarni tejash bo‘yicha ilmiy o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Sirdaryo IES korxonasiga tashrif buyurishdi. 

  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mas’ullari va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Energetika fakulteti TJAB kafedrasi o‘qituvchisi A.Nig‘matov va boshqa professor - o‘qituvchi olimlari ishtirokida sohaga oid ilmiy yondashuvlar va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashinildi.

  Shundan so‘ng mehmonlar korxonada elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, shartli yoqilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

  Ishchi guruh a’zolarining o‘rganish ishlari davom etmoqda.