Ozodalik- salomatlik garovi

15.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2025-yil 14-fevral kuni fakultetga qarashli birinchi “Talabalar turar joyi”da “Ozodalik-salomatlik garovi” mavzusida davra suhbati va tozalik kuni o‘tkazishdi. 

  Davra suhbati davomida tozalikka rioya qilmaslik bir qancha yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, har doim tozalikka rioya qilish har birimizning burchimizdir. Tozalikni birinchi bo‘lib, yashayotgan xonamizdan va undan tashqari oshxonalarni tozalashdan boshlashimiz kerak. Har birimiz o‘zimizning shaxsiy gigiyenamizga rioya qilishimiz shart. Tozalik to‘g‘risida har doim gapiramiz. Biroq talabalarimiz hammasi ham rioya qilayotgan yo‘qligi to‘g‘risida ham gapirib o‘tildi. 

  Tozalik va ozodalik azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati