DOLZARB NUTQ!
03.02.2025
Moziy, bugun va istiqbolni bog‘laydigan ko‘prik
Tarixda ibrat boʻlarlik ulugʻ maʼrifat va madaniyat oʻchoqlari, muhim
markazlar boʻlgan. Unga masʼul boʻlgan hukmdorlarning aksariyati ilmu fanni
qadrlagan, diniy va dunyoviy bilimlarni sohibi boʻlgan allomalarni jamlagan,
ularning iqtidorini maʼrifiy maqsadlarga, xalq farovonligining kafolati ilm-fan
taraqqiyotiga yoʻnaltirgan. Shuning uchun ham dunyo fanlarining tamal toshini
qoʻyganlarning koʻpchiligi ayni shu ona zaminimizda voyaga yetgani bejiz emas.
Davlatimiz rahbarining milliy oʻzligimiz, ilm-fan, taʼlim va madaniyat
timsoli boʻlgan Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil qilish borasidagi
saʼyi harakatlari zamirida ana shu maqsad bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi
markazida boʻldi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Prezident xalqimizning boy va betakror merosiga oid koʻp kitoblar, turli
oʻlkalarga sochilib ketgan qoʻlyozmalar, noyob maʼlumotlar, sanʼat asarlari,
afsuski, bizga nomaʼqulchilik, mana shu markaz sabab boʻlib tarixni oʻrganishda
katta qadamlar bilan yangi manbalar yuzaga chiqqani, bularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan,
faol ilmiy isteʼmolga kiritish, aholimiz, yoshlarimizga tushunarli tilda
yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targʻib qilish kerakligini, bu dargoh
nafaqat oʻtmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni
bogʻlaydigan, taraqqiyotimizning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan
aql-tafakkur markazi boʻlishi zarurligini alohida qayd etdi.
Birinchi va
Ikkinchi Renessans, tabiiyki, “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans” uchun
poydevor boʻlishi tayin.
Shuning uchun ham bosh maqsad milliy oʻzligimizni anglash va anglatish
ekanini davlatimiz rahbari alohida qayd etdi.
Qurilish ishlari va ekspozitsiya bilan tanishish jarayonida Shavkat Mirziyoyev
markaz faoliyatini tashkil etish, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va
takomillashtirish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berdi. Shuningdek,
mutasaddilarga tadbirkor va hunarmandlar uchun qulayliklarni koʻpaytirish,
sayohatlarni mazmunli va qiziqarli tashkil etish boʻyicha ham koʻrsatmalar
berildi.
Islom sivilizatsiyasi insoniyat tarixidagi eng muhim va taʻsirchan
sivilizatsiyalardan biridir. U fan, madaniyat, sanʻat, falsafa va iqtisodiyot
kabi sohalarda katta oʻzgarishlar yaratgan. Bugungi kunda ham Islom
sivilizatsiyasi dunyoning turli burchaklarida oʻz taʻsirini saqlab qolgan va
yangi zamonaviy tamoyillar bilan uygʻunlashgan holda rivojlanmoqda.
Bugun Islom tsivilizatsiyasi global maydonda iqtisodiy, siyosiy va madaniy
jihatdan turli yoʻnalishlarda rivojlanib bormoqda. Islom sivilatsiyasiga
eʼtibor turli yoʻnalishlarni qamrab olayotgani ahamiyatlidir. Bu quyidagi
jabhalarda yaqqolroq namoyon boʻlmoqda.
Ilm-fan va taʻlim jabhasida: Koʻplab
musulmon mamlakatlari ilmiy tadqiqotlar va taʻlim sohasiga katta eʻtibor
qaratmoqda. Masalan, Qatar, BAA va Turkiya kabi davlatlar zamonaviy
universitetlar ochib, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirgan.
Iqtisodiyot sohasida: Islom dunyosidagi baʻzi davlatlar neft va gaz kabi
tabiiy resurslardan foydalangan holda jahon iqtisodiyotida muhim oʻrin
egallagan. Shuningdek, Islom bank tizimi ham global miqyosda keng
rivojlanmoqda. Texnologiya va innovatsiya jabhasida ham yetakchi oʻrinlarni
egallamoqda.
Madaniyat va sanʻat borasida eʼtiborga molik ishlarni amalga oshirmoqda.
Islom sanʻati, meʻmorchiligi va madaniyati bugungi kunda ham jahon madaniy
merosining muhim qismi boʻlib qolmoqda. Zamonaviy kino, adabiyot va musiqa
sohalarida ham Islom tsivilizatsiyasining oʻziga xos taʻsiri koʻrinib turibdi.
Islom sivilizatsiyasi oʻzining boy tarixi va madaniy merosi bilan bugungi
dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshishda davom etmoqda. Fan, texnologiya va
iqtisodiyot sohalaridagi rivojlanish uni zamonaviy dunyoda muhim oʻrin
egallashiga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga, Islom qadriyatlari zamonaviy
global muammolarni hal etishda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan
Shunday ekan, mamlakatimizdagi Islom
sivilizatsiyasi markazi ham ana shu xayrli, maʼrifiy maqsadning yangi
bosqichdagi koʻrinishi boʻlibgina qolmay, balki oʻtmishimizni bugunimiz hamda
kelajagimiz bilan bogʻlaydigan koʻprik boʻlishi muqarrardir.
Rahimboy JUMANIYOZOV
Professor, Oʼzbekiston Yozuvchilar
va Jurnalistlar uyushmalari azosi.