DOLZARB NUTQ!
31.01.2025
DOLZARB NUTQ!
Davlat dasturi loyihasi - dasturulamalimiz
Har faslning oʻz ziynati boʻlgani
kabi har yilning ham oʻz nomi, inʼomi bor.
Tabiat tana boʻlsa jamiyat jondir. Demak, bu borliq bilan borligʻimiz, yaʼni mavjudlikdir. Joriy yilga berilgan
nomning oʻzidayoq maqsad aniq. Demak,
uning dasturini amalga oshirish uchun safarbar etiladigan kuch, resurs
va imkoniyatlar toʻgʻri belgilanishi maqsadga muvofiq.
Prezident Shavkat Mirziyoyev
tomonidan 27- yanvar kuni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili
davlat dasturi loyihasi yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda ana shu masalalarga
eʼtibor qilindi.
Dunyo boʻylab iqlim
oʻzgarishlarining salbiy oqibatlari yaqqol sezilishi mamlakatimizda ham
ekologik toza iqtisodiyotga oʻtilishini taqozo etmoqda.
Bu borada davlat dasturi loyihasi
ishlab chiqilib, bir oy davomida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi. U bilan
11 million fuqaro tanishib, 100 dan ziyod takliflar tanlab olindi. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining tarmoqlari va boshqa vakolatxonalar hamkorlikka
tayyorligini bildirdi.
Maʼlumki, Davlat dasturidagi oʻzak masalalardan biri -
energetikadir. Tan olish kerakki,
soʻnggi yillardagi jadallik tufayli mamlakatimizning jami quvvatlarida
“yashil” energiya ulushi 16 foizga yetdi. Bu yil uni 26 foizga chiqarish
rejalashtirilgan. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol
stansiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash
quvvatlari ishga tushiriladi.
Davlatimiz rahbari bunga qoʻshimcha
yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni shakllantirish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Bularning barchasida xalq manfaati va farovonligi maqsad qilingan.
“Yashil iqtisodiyot” bu nafaqat toza
energetikani rivojlantirish, balki tarmoqlarda energiya samaradorligini
oshirish hamdir. Yigʻilishda ilgari surilgan masalalarni kuzata turib, baʼzi
mulohazalar xayoldan kechadi.
“Yashil iqtisodiyot” sharoitida
tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish kerak boʻladi.
Buning uchun birinchidan, sanoat,
transport va uy-joy-kommunal sohalarida kam energiya sarflaydigan uskunalar va
uskunalarni joriy etish talab etiladi. Keyingi galda qayta tiklanuvchi energiya
manbalari – quyosh, shamol, biogaz va gidroenergiyadan keng foydalanishni yoʻla
qoʻyish lozim.
Shuningdek, Smart-energetika
tizimlari – intellektual elektr tarmoqlarini (smart grid) joriy etish, energiya
sarfini aniq nazorat qilish va avtomatlashtirishni toʻla amalga oshirish kerak.
Ayni paytda izolyatsiya va
modernizatsiya – issiqlik izolyatsiyasini yaxshilash, eski energiya
infratuzilmalarini modernizatsiya qilish ham bu boradagi muammolarning oldin
olishga xizmat qilishi muqarrardir. Kezi kelganda, shuni ham aytish kerakki, energiya
samaradorligini baholash va standartlar – korxonalar va tashkilotlar uchun aniq
energiya samaradorligi mezonlarini belgilash hamda standartlar joriy qilish
davr talabidir. Tabiiyki, bu oʻrinda investitsiya va moliyalashtirish – yashil
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor mablagʻlarini jalb
qilish, subsidiyalar va soliq imtiyozlari berish masalasi ham nazoratli
ravishda olib borilishi kerak. Bu esa taraqqiyot kafolati boʻlgan taʼlim va
targʻibotni talab etadi. Bu degani aholi va biznes vakillarini energiya
tejamkorligining ahamiyati haqida xabardor qilish, mutaxassislar tayyorlash
borish deganidir. Shuni qayd etish kerakki,
bu choralar tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish va umumiy
ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Bu yiliga oʻzida kamida 6 foiz iqtisodiy oʻsish
surʼatini saqlab qolib, yalpi ichki mahsulotni 125 milliard dollardan oshirish
maqsad qilingan eʼtiborga molik. Bunga erishishda nafaqat omilkorlik va
tejamkorlik balki, kuchli nazorat ham
muhim.
Shuning uchun ham Bosh vazir
oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziriga energiya samaradorligi hisobiga
xarajatlarni 15-20 foizgacha qisqartirish va qoʻshilgan qiymatni koʻpaytirish
boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Davlatimiz rahbari resurs tejamkor
iqtisodiyot modeliga oʻtish vaqti kelganini taʼkidladi. Yuqoridagi sohalarda
ham resurslarni tejash, kam energiya sarflab, koʻp qoʻshilgan qiymat olayotgan
tarmoqlarni rivojlantirish vazifasi qoʻyildi.
Yana bir muhim muammoga ham
toʻxtalindi. Bu “Yashil makon” dasturi dinamikaviy vazifalar masalasidir. Har yili 200 million tup daraxt ekilmoqda.
Oʻtgan 3 yilda 698 ta bogʻ va 316 ta jamoat parki tashkil etildi. Orol
dengizining qurigan tubida qariyb 2 million gektarli butazor barpo etildi.
Buni davom ettirgan holda, bu yil
koʻchatchilikka ixtisoslashgan 18 ta oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilinadi. Ularda
“ilm-loyiha-amaliyot” tamoyili asosida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib,
urugʻchilik laboratoriyalari, intensiv tajriba uchastkalari va “onalik”
plantatsiyalari yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu xoʻjaliklarda joriy yilda 123
million tup koʻchat tayyorlanadi. “Yashil olam” platformasi ishga tushirilib,
ularni onlayn sotib olish yoʻlga qoʻyiladi. Buni toʻla va bekamu koʻst amalga
oshirish uchun mana bu masalalarga eʼtiborni qaratish kerak. Bu esa “Yashil makon” dasturi doirasida ushbu
dinamikaviy vahimalanish bajarish shart.
Ekologik muhitni yaxshilash
maqsadida oʻrmon maydonlarini kengaytirish va tiklash, qishloq va shaharlarda yashil hududlarni
koʻpaytirish, Atmosfera havosini
yaxshilash uchun daraxt ekish kerak.
Klimat oʻzgarishiga moslashish, tuproq eroziyasining oldini olish hamda
mahalliy oʻsimlik va hayvonot olamini sayqalgar holda choʻllanishning oldini
olish va Ekologik bogʻ va qoʻriqxonalarni tashkil etish lozim boʻladi.
Shaharlarda ekoparklar, vertikal bogʻdorchilik va koʻcha daraxtlarini
koʻpaytirish, ekologik transport va
velosiped yoʻlaklarini kengaytirish, aholining ekologik madaniyatini
oshirish, maktab va universitetlarda
ekologik bilimlar dasturlarini kuchaytirish bilan birgalikda energiya va suv
resurslarini tejash, sugʻorish
tizimlarini yaxshilash va avtomatlashtirish,
suv tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi.
Toʻgʻri, bu masalalar ayrim
hududlarda amalga oshirib kelin moqda. Lekin hali bular yetarli va natijador
emasligini hammamiz bilamiz. Chunki
ushbu vazifalar “Yashil makon” dasturining samaradorligini taʼminlab, ekologik
barqarorlikni oshirishga yordam beradi.
Yigʻilishda hududda daraxt ekkan,
ishlab chiqarishda ekologik toza uskuna va materiallardan foydalanganlarga
“yashil tadbirkor” maqomi berilishi taʼkidlandi. Ochigʻini aytish kerakki, bu
yaxshi tashabbusdir.
Yigʻilishda, shuningdek,
mutasaddilar davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan vazifalar va ularni
amalga oshirish rejalari yuzasidan ham axborot berishdi.
Endilikda bu vazifalarni amalga
oshirishga bel bogʻlab, jiddiy kirishish
kerak. Mamlakatimizni rivojlangan, ilgʻor davlatlar qatorida koʻrishni
istarkanmiz, har birimiz vijdonan
yondashishimiz va masʼullikni his qilishimiz davr taqozosidir.
Rahimboy JUMANIYOZOV
“TIQXMMI”
MTU professori, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalarining aʼzosi.