Art terapiya orqali iste’dodlarni kashf etamiz

01.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Art terapiya orqali iste’dodlarni kashf etamiz

  Talaba yoshlarning musiqiy didini shakllantirish va ularda notiqlik xususiyatlarini rivojlantirish, art-terapevtik treninglar orqali ijodiy qobiliyatlarini kuchaytirish, kommunikativ ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘z fikrini aniq va ta’sirchan ifoda qilish qobiliyatlarini oshirish hamda universitet yubileyiga bag‘ishlab kuylanadigan qo‘shiq ijrosini sayqallashtirish maqsadida 2025-yil 30-yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan "D" korpus 101-xonada Xor jamoasi vakillari bilan "Oliygohim mening faxrim" mavzusida seminar trening tashkil etildi. 

  Mashg‘ulotning vazifasi:

  1. Musiqiy kuylash orqali his-tuyg‘ularni ifoda qilish qobiliyatini takomillashtirish; 
  2. Art-terapiya usullarini qo‘llash orqali his-tuyg‘ularni ifodalash; 
  3. Guruhiy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning muloqotmandlik xususiyatlarini rivojlantirish; 
  4. Birgalikda ijodiy loyiha yaratish; 
  5. Talabalarni ruhlantirish va o‘z iste’dodlarini kashf qilishga yordam berishdan iborat. 

  Tadbirda universitet yubileyiga qo‘shiq yaratish va bu mas’uliyatli va muhim jarayonda talabalar faolligini oshirish uchun art terapevtik treninglar qo‘llanildi. Talabalarga kuylanayotgan qo‘shiq muxlislar qalbidan joy egallashi uchun universitet tarixini, qadriyatlarini g‘urur va iftixor bilan kuylab, ovoz va ko‘zlar orqali aks ettirish borasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati