TTJda davra suhbati

01.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 TTJda davra suhbati

 2025-yil 31-yanvar kuni 4-sonli talabalar turar joyida "Yer resurslari va kadastr" hamda "Gidromelioratsiya" fakultetlarining talaba qizlari bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi. Bu kabi suhbatlar talabalarning ijtimoiy faoliyatini oshirish, ularning muammolarini aniqlash va birgalikda yechimlar topishga yordam beradi. Bu yerda bir necha mavzular muhokama qilindi. Ya’ni, darslar, imtihonlar va tahsilning qiyinchiliklari, talabalarga yordam berish uchun samarali o‘qish usullari, psixologik yordam, stressni boshqarish, halovat va sog‘lom turmush tarzi, talabalarning ijtimoiy va psixologik holatiga oid savollar va maslahatlar. Muammolar yetarli, biroq bu muammolarni hal etish uchun har birimiz o‘z ustimizda ishlashimiz kerak bo‘ladi. 

ERK va GM fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari Z.Xafizova va Z.Beknazarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati