Giyohvandlik- umr zavoli

01.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


  Yoshlar orasida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilish holatlari ortib borayotganligi sababli, talabalarga tushuntirish ishlari olib borish maqsadida, ochiq ma’ruza tashkil qilindi. Ochiq ma’ruza Joriy yilning 31-yanvar sanasida “TIQXMMI”- MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 2-bosqich talabalariga 2-ma’ruzalar zalida “Ma’rifat darsi”da, “Xavfsizlik va sog‘lom poytaxt oyligi” doirasida bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada Respublika Ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Toshkent shahar filiali bo‘lim mudiri vrach narkolog Shamsiyev Askar Tolmasovich, hamda  Mo‘minova Moxira Abduvaxabovnalar o‘zlarining ma’ruzalarini misol va dalillar bilan tushuntirib berishdi. Ma’ruzadan so‘ng “O‘zini yo‘qotganlar” videofilmi namoyish etildi. Talabalar bu ma’ruzadan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni, xulosalarni olishdi.

"Gidromelioratsiya" fakulteti “Ma’naviy va ma’rifiy ishlar” bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibaev hamda tyutorlari G. Axmedjanova va D.Axrarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati