Shukronalik ne’mati
01.02.2025
Shukronalik ne’mati
Joriy yilning 29-yanvar kuni “Ekologiya va huquq ” fakulteti dekani X.Pirmatov rahbarligida fakultetning 3-kurs talabalariga “Ma’rifat soati” darsi “Shukronalik–eng ulug‘ fazilatdir” mavzusida olib borildi.
“Ma’rifat soati” darsida talabalarga “Shukr” so‘zining lug‘aviy ma’nosi va bu tushunchaning hozirgi kundagi ahamiyati, O‘zbekistonning har bir fuqarosida bu tuyg‘uning mavjudligini mamnuniyat bilan tilga oldilar va misollar bilan talabalarga ma’lumotlarni yetkazdi.
Haqiqatan ham, Yaratganning bizlarga bergan ne’matlarining hisobiga yetish mushkul va og‘ir ish. Bu ne’matlar ichida biz his qilgan va qilmagan, bilgan va bilmagan behisob ne’matlar bor. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz har doim “Allohim bergan barcha ne’matlaringga behisob, beadad shukronalar bo‘lsin” deb duo qilganlar va har doim shukronalikda yashaganlar.
"Ekologiya va huquq" fakultet tyutori X.Saidova axboroti
Universitet matbuot xizmati