Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirish

30.01.2025

#Ma`naviyat

Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirish

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 oktyabr 2024 yildagi PF-158-sonli Farmoni bevosita kasbiy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillari faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,  kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari alohida belgilangan bo‘lib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘ini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan.  


Universitetda  xuddi yuqoridagi qabul qilingan va faoliyatini 1 yanvar 2025 yildan boshlaydigan texnikumlarda mutaxassis sifatida kadrlar tayyorlash va ularni ish faoliyatida o‘ziga xos kompetensiyalarga ega, amaliy jihatdan faoliyatini olib borishga tayyor mutaxassis kadrlar tayyorlash masalalarida fakultetlar kesimida kadrlar tayyorlanmoqda.


Shunday kadrlar bu o‘quv yilida 2 ta Professional ta’lim «Suv xo‘jaligi melioratsiya» va «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» soha yo‘nalishlarida  bitiradilar. Talabalarning kelajakdagi faoliyatlarini tashkil etish va ularni  o‘quvchilarga dars berish bilan birga kasbiy faoliyatga yo‘naltirish metodikalarini xam o‘rgatish va  dars berishda turli metodlarni tanlay olish aynan mavzu doirasiga  asosan va markazda o‘quvchi bo‘lgan ta’lim metodlari va shakllarini maqsadli ko‘llash bugungi kunning asosiy masalasidir. Aynan shunday darslardan biri sifatida 4 bosqich, 12 guruh talabalari bilan «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi»fanidan «O‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi» mavzusini kollaborativ ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda tashkil etildi.


KOLLABORATIV - Hamkorlik (qo‘shma)dagi ta’lim - bu o‘rganish talabalar o‘rtasidagi yoki talabalar va o‘qituvchi o‘rtasidagi yaqin o‘zaro ta’sirga asoslangan yondashuv. Jarayon ishtirokchilari ma’lumotni faol birgalikda qidirish, muhokama qilish va sohasini xam egallashlari uchun  texnologiya juda qulayligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat bu texnologiyalarni gullash ,balki ijodiy faoliyatni xam tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu dars samaradorligiga, talabalarning kasbiy faoliyatga yondashuviga, kreativ faoliyatga yo‘naltirildi va barcha talabaning faolligi tashkil etildi. Bilamizki buning natijadorligi ertangi kunda o‘z faoliyatlarini olib borish jarayonida yanada samara beradi.


Professional ta’lim kafedra professori

Ismailova Zuxra Karabayevna