Qizlarimiz bugun talaba - ertaga: mutaxassis kadr, xonadon bekasi va bo‘lajak onadirlar

31.01.2025

#Ma`naviyat

Qizlarimiz bugun talaba - ertaga: mutaxassis kadr, xonadon bekasi va  bo‘lajak onadirlar

“Oila hayotining adabiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllari qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor”.


31 yanvar 2025 yilda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismailova va universitet psixologi D.Yusupova, fakultet dekan maslahatchilari Z.Xafizova, F.Yunusova, E.Ganiboyeva, Z.Beknazarova, TTJ tarbiyachilari tomonidan TTJ da yashayotgan oilali, homilador  talabalar bilan dildan suhbat jarayoni va ularni xolidan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi. Bizga ma’lumki, yurtimizda qizlar tarbiyasi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini muhofaza qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki, sog‘lom va barkamol avlod millatning davomchilari sanaladi. Ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimizning g‘amxo‘rligi bilan yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga kasb-hunar o‘rgatish, bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratilgan izchil mexanizmlar tatbiq qilingan.


Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar statistikasiga to‘xtab o‘tmoqchiman. Bugungi kunda universitetda 1350 nafar talaba-qizlar o‘qiydi, shulardan 40 nafari oilali, 60 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj (Ayollar daftari,Temir daftar)da ro‘yxatda turadi, 50 nafari nogironligi mavjud, 4 nafari chin yetim, 4 nafari Prezident va nomli davlat stipendiya sohibalari, 100  nafari faol talaba qizlardan iborat. 


Oilali qizlarning 50 foiziga yaqini bugungi kunda TTJ da tahsil oladi.


Bir kishi donishmanddan so‘rabdi:


- Hazrat, mening bir o‘g‘lim va bir qizim bor. Ikkisini o‘qitishga qurbim yetmaydi, faqat bittasini o‘qitishga imkonim bor. Qaysi birini o‘qitay?


- Qizingni o‘qit! Chunki u kelajakda farzand tarbiyalaydi. O‘g‘lingni o‘qitsang, bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, ammo qizingni o‘qitsang, butun bir jamiyat tarbiya topadi, - deb javob beribdi haligi ulug‘ zot.


Ayol kishining ilm olishi, turli sohada malakali ta’limga ega bo‘lishining ahamiyati, muhimlik darajasi bevosita jamiyatning hozirgi va kelgusidagi rivoji bilan bog‘liq. Ya’ni ayol qanchalik ilm va tarbiyaga ega bo‘lsa, farzandlarini ham shunday tarbiya qila oladi. Tarbiyali onadan go‘zal andaza olgan, odob-axloqi joyida va ilmga chanqoq farzandlar jamiyatga manfaat keltiradigan bo‘lib yetishadi. Bunday tarbiyali va ilmli jamiyatning esa kelajagi, shubhasiz, buyukdir!


Mana shunday mas’uliyatni uz bo‘yniga olgan talaba qizlarimiz hozirda oilasi, turmush o‘rtog‘i va oila a’zolarini ishonchini oqlagan xolda tahsil olib yurishibdi. Bugun mana shunday oila qurgan talaba qizlarimizni xolidan xabar olgani barcha xotin qizlar bo‘yicha fakultet dekan maslahatchilari bilan ularni xolidan xabar olgani TTJ da bo‘ldilar.


Bugungi kunda oilali va homilador qizlarimiz tomonidan suhbat jarayonida ular TTJ dagi sharoitlar haqida juda yaxshi fikrlar berishdi. Oilali talaba qizlarning  15 nafari homiladorligi va ularning o‘tishlari va sessiya topshirish masalalari xam birgalikda kelishib olindi. Ko‘pchiligi 4-bosqich talabalar bo‘lganligi uchun imtihonlarni oldindan grafik asosida topshirish masalasiga urg‘u berilgan xolda rahbariyatga taklif bilan kirish va topshirib ota-onalari bag‘rida farzandli bo‘lishga xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tomonidan sharoitlar berilishi haqida fikrlar o‘rtoqlashildi. Shu bilan birga ularni ota-onalari va turmush o‘rtoqlari bilan ham telefon orqali suhbatlashildi. O‘ylaymanki bu masalalar bo‘yicha universitetda va TTJ da muammolar bo‘lmaydi.


O‘z sohasining zukko bilimdoni bo‘lishi bilan bir qatorda ayolning zimmasida suyukli yor, mehribon ona, oqibatli farzand, shirinso‘z va chaqqon kelin, orasta beka bo‘lishdek mas’uliyat ham bor. Bunday mas’uliyatni o‘zining nozik yelkalarida ko‘tarib, uni sharaf bilan ado etayotgan, shu bilan birga, ilm talab qilishning farz ekanini unutmay, muttasil izlanishda bo‘layotgan ayollarimiz tahsinga sazovordir.


Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi

Z.Ismailova