Turkiya ta’lim muassasalari bilan 2025-yil yangi loyihalar doirasida keng qamrovli online uchrashuv bo‘lib o‘tdi

31.01.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

 Turkiya ta’lim muassasalari bilan 2025-yil yangi loyihalar doirasida keng qamrovli online uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq texnika fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinib kelayotgan tanlovlar doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “ETvaQTEM” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Turkiya ta’lim muassasalari bilan 2025-yil yangi loyihalar doirasida keng qamrovli online uchrashuv tashkil qilindi.

  Jahonda iste’molchilarni elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini  uzluksiz va sifatli ta’minlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan, sanoatda eng ko‘p tarqalgan asinxron motorlarni quyosh panellari ishlab chiqarayotgan energiya bilan ta’minlash ularda reaktiv quvvatni hosil qilish nosimmetrik va nosinusoidal tok kattaliklarini o‘lchash, nazorat qilish va boshqarish tizimlarida tegishli elementlarni va qurilmalarni takomillashtirishga doir bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. 

  Quyosh panellari ishlab chiqayotgan elektr energiya reaktiv quvvatning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat va boshqaruvida rivojlangan o‘lchov va nazorat tizimlarni ilg‘or imkoniyatlarini qo‘llashni talab etmoqda. Ushbu jarayonda birlamchi signal o‘zgartirish qurilmalarini yangi turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari dolzarb hisoblanadi. Buning natijasida, elektr energiyasining tok va kuchlanish o‘zgargichlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni tadqiqot modellari, analitik ifodalari, algoritmlarining va dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqishga, undan foydalanish hamda uning iqtisodiy va ekologik ko‘rsatgichlarini aniqlash uslubiyati konsepsiyasidan foydalanilgan holda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

Universitet matbuot xizmati