Yer resurslari va kadastr fakultetida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

31.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Yer resurslari va kadastr fakultetida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  Yer resurslari va kadastr fakultetida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, narkotik moddalarning zararli ta’sirini tushuntirish maqsadida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida narkotik vositalarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish choralari hamda huquqiy masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

  Axborot beruvchi: Yer resurslari va kadatr fakulteti Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini Sanjar Xikmatullayev axboroti

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi : Xafizova Zulfiya Xolmuratovna