Talabalar doim nazoratda

31.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Talabalar doim nazoratda

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Energetika” fakulteti tyutori B. Abdullayev joriy yilning 30-yanvar sanasida ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Yangihayot tumani, Xushnud mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 20-uy 30-xonadonda yashovchi “Energetika muhandisligi” yo‘nalishi 103-guruh talabalari Shokirov Samandar va Ismoilov Jontemirning ijara xonadoni ko‘zdan kechirildi.

  Mazkur tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, texnika xavfsizlik qoidalari va ijara xonadonining talab va me’yorlarga muvofiqligi o‘rganildi. Shuningdek, talabalarga o‘z huquq va majburiyatlari, shuningdek, turli ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati