Pazandachilik sirlari
11.12.2024
Pazandachilik sirlari
2024-yil 10-dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2-Talabalar turar joyi 3-qavatida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandachilik sirlari” nominatsiyasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini E.G‘aniboyeva va tarbiyachi-pedagog Sh.Islamovalar ishtirok etdilar. Pazanda talaba-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan patir nonlar, osh, vitaminga boy salatlar, pishiriq dasturxonimizga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Faol ishtirok etgan talabalarimizga minnatdorchilik bildirar ekanmiz, talaba-yoshlar o‘rtasida viloyatlarimizning o‘ziga xos bo‘lgan osh tayyorlash urf-odatlari bo‘yicha tadbir o‘tkazishga kelishib oldik. Tadbir so‘nggida talaba-qizlarimiz bilan kelgusidagi ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdik.
«Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini E.G‘aniboyeva va tarbiyachi-pedagog Sh.Islamovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati