«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
03.12.2024
«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘td
2024-yil 3-dekabr kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish” shiori ostida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Artikova talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan qonunchilik va amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Svetlana Artikova yoshlarni jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, tenglik tamoyillarini targ‘ib qilish hamda zo‘ravonlik holatlariga toqat qilmaslikka chaqirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida universitetning yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi. Svetlana Artikova yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari o‘z amaliyotlarini prokuratura organlarida o‘tashlari bo‘yicha taklif kiritdi va bu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu imkoniyat talabalarning nazariy bilimlarini real hayotda qo‘llash va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur uchrashuv universitet jamoasi uchun nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashda o‘ziga xos platforma bo‘ldi