Ezgulik bozori
27.11.2024
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi Yusupova Dilafruz va "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori Shodiyeva Gulbahor hamkorlikda "Iqtisodiyot" fakulteti 1-kurs talabalari bilan "EZGULIK BOZORI” mavzusida trening o‘tkazishdi. Bu trening talabalarga o‘zlarini va atrofdagilarni yaxshiroq tushunish, muloqot madaniyatini oshirish, o‘zlarini samaraliroq ifoda etishga yordam berdi.
Trening davomida talabalar "ezgulik bozori" o‘yinini o‘ynashdi, unda o‘zlarining ijobiy xislatlarini "sotish" va boshqalarning ijobiy xislatlarini "sotib olish" imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu jarayon talabalarning o‘zlarini va boshqalarni qadrlash, bir-birlariga yordam berish va o‘zaro hamkorlik qilishga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashga yordam berdi.
Trening yakunida talabalar o‘zlarining his-tuyg‘ularini va tajribalarini baham ko‘rishdi, o‘zlarining shaxsiy rivojlanishi va o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga bo‘lgan istaklarini bildirdilar. Ushbu trening talabalarga universitet hayotining boshlanishida o‘zlarini yaxshiroq tushunish, o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va o‘zlarining shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan qadamlar qo‘yishga yordam berdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Shodiyeva Gulbahor, universitet psixologi Yusupova Dilafruz axboroti
Universitet matbuot xizmati