Markaziy Osiyoda birinchi “QS ImpACT Council” kengashi O’zbekistonda tashkil etildi

27.11.2024

#Reyting #Xalqaro hamkorlik

Kengash "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"(TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti negizida ochildi. QS ImpACT Council nomzodlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi QS ImpACT kengashini tashkil etishda TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetini munosib nomzod deb tan oldi.


"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yosh olimlari va  talabalari QS ImpACT kengashi orqali xalqaro nufuzli QS ImpACT Awards mukofoti va QS ImpACT Scholarship stipendiyasi uchun ishtirok etish imkoniyati yaratildi. QS ImpACT — bu QS (Quacquarelli Symonds) reyting tashkilotining tashabbuskor loyihasi bo‘lib, barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) ommalashtirishga qaratilgan xalqaro darajadagi loyiha hisoblanadi.


batafsil: https://qsimpact.org/councils/120/tiiame-national-research-university/