Ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-qizlar bilan suhbat
23.11.2024
22 - noyabr kuni universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Z.Ismailova va dekan maslahatchilari F.Yunusova, Z.Xafizova, E.G‘aniboyeva, Z.Beknazarovalar va fakultet faollari, TTJ tarbiyachilari bilan birgalikda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bunda TTJ da tahsil olayotgan 67 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba–qizlarning (1-ilova) turmush tarzi, sharoitlari, shu bilan birga o‘tayotgan sessiyada fanlar kesimida topshirilayotgan yakuniy nazoratlar va kurs ishi va kurs loyihalarini vaqtida topshirayotgan va topshirishda oqsayotgan 11 nafar (2-ilova)talaba-qizlar bilan suhbatlashildi.
Suhbat jarayonida talaba-qizlar tomonidan berilgan savollarga dekan maslahatchilari va maslahat kengashi raisi tomonidan javoblar berildi va takliflarini rahbariyatga yetkazish masalalari ham ko‘rildi.
TTJ larida yashayotgan talaba-qizlar yashash sharoitlaridan mamnun ekanliklari, kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilib kelinayotganligi va ularning murojaat qilingan vaqtda rag‘batlantirib kelinayotganligi, nazoratlar o‘z vaqtida o‘tilayotganligi to‘g‘risida ular tomonidan fikrlar bildirildi. Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar statistikasiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Bugungi kunda universitetda jami 1383 nafar talaba–qizlar tahsil oladi. Shulardan 55 nafari oilali, 57 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, shundan (Yoshlar daftarida, Temir daftar ro‘yxatida, Ayollar daftari ro‘yxatida, qolganlari esa otasi vafot etgan va onasi temir daftarda turganlar, nogironligi bor, chin yetim va h.o.), 29 nafari 2- guruh nogironligi mavjud talaba qizlar tahsil olmoqda. Ularga rektorning 2024 yil 31 may 555 /t –sonli buyrug‘i asosida “Ekologiya va huquq” fakultetida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari O‘roqova Zuhra Xidir qizi va Mirzadavlatova Laylo Muzaffar qizlari oilaviy sharoiti og‘irligi hamda 2-guruh nogironligi sababli dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtira olmayotganliklari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tushib ketayotganligini inobatga olgan holda ularni “Zakovat zehn ziyo” ta’lim muassasasida ingliz tili fani to‘garagida o‘qishlari uchun universitet mablag‘lari hisobidan har biriga 13.200.000 (o‘n uch million ikki yuz ming) so‘m miqdorida moddiy yordam, 38 nafar 1-guruh, 2-guruh va chin yetim qizlarga 50% qo‘shimcha va moddiy yordam berildi. Nogironligi bor qizlarga jami-53.341.640,00 so‘m, yetimlarga jami-12.429.120,00 so‘m, moddiy yordam jami-14.500.640,00 so‘m miqdorda moddiy yordam berilib kelingan.
Hozirda talabalar turar joylarida 895 nafar talabalar turadi. Shulardan 682 nafari talaba-qizlardan iborat. Qolgan talaba-qizlar o‘z uylaridan va qarindoshlarinikidan qatnab o‘qiydi. TTJ larida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu masalalar bo‘yicha rektoratda ham o‘z vaqtida masalalar kiritilib, takliflar inobatga olinib va kamchiliklar bartaraf etilib kelinmoqda.