Talabalar bilan suhbat
21.11.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
2024-yil 20-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti qarashli 2-talabalar turar joyiga dekan o‘rinbosari A.Borotov tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan suhbat o‘tkazdilar.
Bunda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi hamda oshxona va xonalarni doimiy ravishda tozaligiga e’tibor qaratish muhimligi to‘g‘risida har bir xonadagi talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati