Muammoli ma’ruza

08.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

  "Gidromelioratsiya" fakulteti "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tashabbusi bilan 2024 - yil 8-noyabr kuni Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish ta’lim yo‘nalishlarining 3 va 4 kurs talabalari uchun universitetimizning G-607da muammoli ma’ruza tashkil etildi. Muammoli ma’ruzaga Qibray tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi yetakchi mutaxassisi J.Ergashev tashrif buyurdi. Muammoli ma’ruza davomida Respublikamizda amalga oshirilayotgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarning joriy qilinishi, ishlashi, ekspluatatsiyasi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar talabalar e’tiboriga yetkazildi. Ma’ruza juda qizg‘in va savol javoblar bilan o‘tdi.

  Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib bu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etish va talabalarga ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni kengroq tushuntirish aytib o‘tildi. Bunday tadbirlar kafedralarda davom etmoqda.

GMTF kafedrasi dotsenti. N.Gadayev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati