Ta’lim, ilm va ishlab chiqarish hamkorligi

31.10.2024

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-42-son qarorida hamda “Gidroproekt” AJ va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi bir guruh professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari “Gidroproekt” AJga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdilar va kelgusidagi hamkorlik tamoyillarini kelishib oldilar. “GIDROPROEKT”AJ qoshidagi zamonaviy laboratoriya majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

  Tashrif davomida “GIDROPROEKT” AJ qoshidagi kafedra filialida “GIDROPROEKT” AJ laboratoriyasi mudiri PhD. K.Nazarovning “Piskom” suv omborining va “Chotqol” GESining qurilish jarayonida foydalanilayotgan yangi texnologiyalar va gidravlik modelda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’ruzasini tingladilar. Tashrif so‘ngida talabalarni amaliyot darslarini haftada bir kun ushbu laboratoriyada olib borish bo‘yicha kelishib olindi. Bu o‘z navbatida malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.