Ichki tartib-qoidalar
25.10.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

4-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi. Yig‘ilish davomida Inspektor A.R.Ubaydullayev tomonidan talaba qizlarga Universitet hamda Talabalar turar joylari Ichki-tartib qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Jumladan, Talabalar turar joylari to‘g‘risidagi Nizomda keltirib o‘tilgan tartib-intizom normalariga amal qilinmagan vaziyatlarda qanday choralar ko‘rilishi haqida ham ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi Inspektor A.R.Ubaydullayev, S.Muxrunboyeva, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari S.Mamatqulova, S.Bobojonova hamda 4-TTJ talaba qizlari ishtirok etishdi.
"Qalqon" jamoatchilik guruhi axboroti
Universitet matbuot xizmati