Talabalar xavfsizligi

24.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Ma’lumki, Respublikamiznnig barcha oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” kunlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 24-oktyabr kuni, "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova va Dilbar Аxrarovalar tomonidan talaba qizlar o‘rtasida shu mavzu bo‘yicha  tadbir tashkil etildi.

  Tadbirga M.Ulug‘bek tumani inspektori Gulruh Halimovna, Universitet xotin - qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Dilafruz Yusupova ishtirok etishdi va talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida kengroq ma’lumot berishdi. 

  Talabalarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari hamda universitet odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida har qanday intizomsizlikka huquqiy baho berilishi haqida profilaktika inspektori tomonidan tushuntirildi. 

  Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad, barchani ogohlikka chorlash va talaba-yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova

va fakultet tyutorlari G. Axmedjanova, D.Аxrarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati