Xalqaro hamkorlik aloqalari

05.10.2024

#Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2021 -yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Universitetning “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluararsiyasi” kafedrasi dotsenti O.Matchonov Xorijiy hamkor ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish, hamda “Qorkit-Ota” nomidagi Qizilo‘rda universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 15-32-01/2117-sonli xatiga asosan, dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun 2024 yil 25-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda shahriga xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Qizilo‘rda universitetining “Elektr energetika” yo‘nalishi 4 kurs talabalari uchun “Elektrotexnologiya” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tildi.