Ustoz qadami qutlug‘, otadek ulug‘

29.09.2024

#Yangilik

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida hurmat, yuksak ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.

Darhaqiqat, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda ustozlarning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz. Ustozlarimiz o‘giti va pand-nasihatlariga amal qilib borishimiz bilan ular oldidagi ilk burchimizni ado qilgan bo‘lamiz.

Haqiqatan ham, “Ustoz otangdek ulug‘” deb, ajdodlarimiz bejiz aytishmagan. Chunki, ota farzandni dunyoga keltirgan bo‘lsa, ustoz unga odamiylikdan saboq bergan. Bir mashhur zotdan, nima uchun ustozingizni otangizdan ham ortiq ko‘rasiz, deb so‘rashganda: “Otam meni jismimni tarbiyalab yerga tushishimga sabab bo‘lgan, ustozim esa ruhimni tarbiyalab ko‘kka yetishimga sabab bo‘ldi” - degan ekan. Shu asnoda ustozim texnika fanlari doktori, professor Boqiyev Abdujalol Abdulhamitovichni 1- oktyabr ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklamoq istadik. Ustoz har doim shogirdlar ardog‘ida yurishingizni tilab qolamiz.

Hurmat bilan shogirdlar nomidan! Abror Botirov