Musobaqalar muntazamligi

28.09.2024

#Yangilik

  Har yili o‘tkazib kelinadigan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining 1-bosqich va undan tashqari 2-3-kurs talabalari ham ishtirok etishdi. Ushbu sport musobaqasi 24-sentyabrda boshlanib, 26-sentyabr kunigacha davom etdi. "Gidromelioratsiya" fakultetining guruhlari jamoa bo‘lib  24-sentyabr kuni futbol bahsida ishtirok etishdi. 25-sentyabr kuni o‘g‘il bolalar va qiz bolalar jamoalari shakllantirib voleybol musobaqalarida bellashishdi va faxrli o‘rinlarni egallashdi. So‘nggi kunda esa stol tennisi, shaxmat, shashkada ham bo‘sh kelishmadi. Jamoalar kesimida va yakkaxon ishtirokchilar kesimida o‘rinlar belgilandi.   

“Gidromelioratsiya”  fakultet tyutori D.Аxrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati