Energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida dual ta’lim shaklida tashkil etishga

06.09.2024

#Yangilik

Joriy yilning 27 avgust kuni yurtboshimiz muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiliklarida energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan edi. Xususan elektr tarmoqlari samaradorligini baholash (elektr isroflarni hisoblash)da Farg‘ona politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va hududiy elektr tarmoqlari mutasaddi xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda Farg‘ona tumanidagi 35/10 kVli “Log‘on” podstansiyaga ulangan elektr tarmoqlardagi isroflarni kamaytirish yo‘llari yuzasidan olib borilgan ishlarni namunaviy tarzda keltirish mumkinligi bayon etildi. Ya’ni ilim ahli va ishlab chiqarish korxonalari vakillarining o‘zaro hamkorlikda fikr almashgan holda sinxron tarzda ishlashi albatta samarali natijalarga olib kelishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 4-5-sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan (offlayn) malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi. Ushu tadbirda universitetimiz “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari J.O.Izzatillayev va A.U.Vohidovlar ishirok etdilar.


Kurs davomida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarining elektr tarmoqlarida energiya samaradorligini ilmiy-texnikaviy tahlil qilish (Farg‘ona tumani misolida), qayta tiklanuvchi va ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish borasidagi malakalari oshirildi.

Malaka oshirishning ikkinchi kuni dastlab Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanish maqsadadi “Temir beton” tayanch va travers ishlab chiqarish sexi, Trasnformatorlarni markaziy ta’mirlash sexi va yana bir qator sexlarga ekskursiya tashkil etildi. So‘ngra energiya iste’molini o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida dastlab Farg‘ona tumanidagi 35/10 kVli “Log‘on” podstansiyasiga tashrif buyurildi.

Kunning ikkinchi qismida joriy mavsumda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilgan tayyorgarliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona tumani hokimiyatida tashkil etil ko‘chma yarmarkaga tur tashkil etildi.

Unda soha vakillari ish jarayonida ko’p uchrayotgan muammolarni hal etish yuzasidan energetika sohasi vakillari bilan o’zaro fikr almashdilar hamda energetika sohasidagi professor ustozlar bunday muammolarni bartaraf etish yo‘llari va bunda rivojlanmangan mamlakatlar tajribasini qo‘llagan holda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdilar.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati