Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi assistenti Ilxom Abduraxmanov Vengriyaning Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi

04.09.2024

#Yangilik

Joriy yilning 2-sentyabr kuni Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi assistenti Ilxom Abduraxmanov Vengriyaning Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Geodeziya kafedrasi mudiri professor Szabolcs Rozsa hamda kafedra professori Lorant Foldvary bilan uchrashib, ular bilan joriy yilning 19-20 noyabr kunlari universitetimizda hamkorlikda o'tkaziladigan Geoinformatika bo'yicha xalqaro konferensiya - GI2024 bilan bog'liq tashkiliy masalalar, shuningdek o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qildi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur tashrif davomida Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetida 3 oylik malaka oshirish uchun Innovatsion rivojlanish agentligi granti sohibi bo'lgan "Geoinformatika" ixtisosligi tayanch doktoranti Akbarxo'ja Abduraximovni ularga tanishtirdi.