Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish pedagoglik burchimiz!

17.08.2024

Joriy yilning 14-avgust kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova tomonidan “D” korpus 101- xonada  pedagog tyutorlar ishtirokida “Talabalarni turli to'garaklarga jalb etish borasida amalga oshiriladigan ishlar” mavzusida seminar trening o'tkazildi. 

Tadbir pedagog tyutorlarni talaba yoshlar bilan ishlash jarayonida ularga vaqtning qadri, “Vaqt g'animat o'tsa nadomat” maqoliga amal qilgan holda inson o'zining yangi qirralarini qay tarzda va qay yo'sinda kashf etishi mumkinligi sir asrorlari haqida ma'lumot berish maqsadida tashkil etildi. Bu yil pedagog tyutorlarimiz o'zlariga “Birlashgan kuch yengilmas” maqolini shior qilgan holatda, barchalari birlashib, yangicha yondashuv asosida ish faoliyat yuritishga bel bog'lashgan. Shu tufayli bugungi tadbirda barcha ishtirokchilarning ijodiy dunyoqarashini shakllantirishga va talaba yoshlar bilan ishlashda, ularning iqtidorini aniqlab, tegishli sohaga yo'naltirishga doir mashg'ulot va treninglar o'tkazildi. Tadbir bahs va munozaralarga boy tarzda o'tdi. Barcha ishtirokchilar o'z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashishdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti  

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati