Talaba yoshlar bilan ishlash jarayonida psixologik metodlarning o'rni

17.08.2024

#Yangilik

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova tomonidan "B" korpus ma'naviyat xonasida  pedagog tyutorlar ishtirokida "Talaba yoshlar bilan ishlash jarayonida psixologik metodlar orqali ularning dunyoqarashini shakllantirish" mavzusida seminar trening tashkil etildi. Tadbir pedagog tyutorlarni talaba yoshlar bilan ishlashda va ularning dunyoqarashini shakllantirishda yordam beradigan metodlar, uslublar va proyektlarni qo'llash malakasini oshirish maqsadida o'tkazildi. Tadbir davomida talaba yoshlarning dunyoqarashini o'stirishga xizmat qiluvchi proyektlar haqida so'z yuritildi, jumladan: "Muhokama klubi", "Ochiq namoyish", " Pedagogik hamkorlik", "Abadiy muammolar", "O'zini o'zi boshqarish", "Ko'ngillilar sahovat klubi", "Ilmiy jamiyat klubi" kabi proyektlar pedagog tyutorlar ish faoliyatida kreativ yondashuv bo'lishi bilan birgalikda, talaba yoshlarning dunyoqarashini kengayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi haqida fikr va mulohazalar yuritildi hamda har bir proyekt ustida alohida to'xtalib, uni amalda tadbiq etish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumotlar berildi. Seminarda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va savol-javoblarga boy tarzda kechdi. 


Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti  


“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati