Janubiy Koreya Delegatsiyasining xalqaro grant doirasida universitetimizga tashrifi

17.08.2024

#Yangilik

 Joriy yilning 15-avgust sanasida “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universitetining bir gurux vakillari tashrif buyurishdi.  Rasmiy yig’ilishda Keimyung Kollej Universitetidan Lee Seong-ha,  Oh Dong-geun, Choi Hae-woon, Kim Mi-seong, Yoo Sungkeun, Park Jun-hong, Lee Dong Jun, Park Jun Hong, Choi Hae Woon va universitetimiz  rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri Prof. Xasan Turkmenov, “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri, Prof., dotsent Rustam Baratov,  “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova qatnashishdi.  

       Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad “Education Competency Enhancement Project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University in Uzbekistan” nomli xalqaro grant doirasida universitet xuzurida Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilinishi rejalashtirilgan “Mexatronika” texnikumini faoliyatini yo’lga qo’yish masalalari, xalqaro standartlarga muvofiq o’quv reja va darsliklarni tayyorlash (Curriculum and Coursebook designing), ishchi dastur va na’munaviy dasturlar yaratish, koreyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda darsliklar chop etish, texnikum talabalariga ingliz va koreys tilllarini chuqqurroq o’rgatish va Keymung Kollej Universitetida talabalar almashinuvi kabi dasturlar doirasida tajriba almashinuviga qaratilgan. 


       Shuni eslatib o’tamizki, Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikdagi  mazkur 5 yilga mo’ljallangan grantning umumiy qiymati $1.5 mlnni tashkil qilib,  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan koordinator Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich xisoblanadi.   

        Shuningdek, xalqaro loyixa doirasida Janubiy Koreyaning Koreya Ta’lim va Tadqiqot Ma’lumot Servisi (KERIS, Korea Education and Research Information Service) tashkiloti bilan xamkorlikda Raqamli ta’lim, I-ACE zamonaviy yondashuvlarini qo’llash, KERISning butun dunyo tajribasini o’z ichiga olgan           Elektron resurslar  va Elektron videodarslar kontentidan universitetmiz talabalari va professor-o’qituvchilarining bepul foydalanishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, universitetimiz va Keymyung Kollej Universiteti tomonidan Koreya Oliy Ta’lim Vazirligiga xamkorlikda topshirilgan “2024 - Oliy ta'lim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik bo'yicha yetakchi universitet dasturi’ doirasida xalqaro granti bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijalari bo’yicha                Prof., Ph.D. Sang Seog Lee va universitetimizdan loyixaning rasmiy ishtirokchisi dotsent G.Eshchanovalarning taqdimotlari ham tinglandi.

 Asosiy maqsad universitetimiz qoshida yaqin kelajakda barpo etilishi kutilgan xalqaro “Mexatronika” texnikumini tashkil qilish orqali Keymyung Kollej Universitetining ilg’or tajribalarini qo’llash bo’yicha mamlakatimizda dolzarb xisoblangan mexatronika va robotexnika yonalishlarida mutaxasis-kadrlarni tayyorlash, ularga qo’shma diplom taqdim etish orqali xorijiy ko’nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir. 

Shuningdek, universitetimizda Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorligida tashkil qilinishi nazarda tutilgan “Digital Educational Innovation Service Centre”  (Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi) ning extiyojlari o’rganilib, markazda raqamlashtirilgan ta’lim va innovatsiya bo’yicha turli xizmatlarni yo’lga qo’yishi, yani, IT ko’nikmalarni takomillashtirish, Start-up va tadbirkorlik go’yalarini rivojlantirish, Gender tenglik masalalari, ayyollarni ish bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali ijtimoyiy qatlamni qo’llab quvvatlashga qaratilgan. Tadbirda qizg’in muzokaralar, savol va javoblar o’rin olib, har ikkala tomonga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar atroflicha muxokama qilindi.

Ko’zlangan maqsadlara erishishda loyixa mavzusida O’zbekiston respublikasida mavjud shart sharoitlar va extiyojlarni aniqlash, Janubiy Koreyaning ilg’or tajribasini qo’llash borasida aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun yurtimizdagi bir qator ishlab-chiqarish korxonalri va zavodlarga 14-16 avgust sanalarida tashrif buyurildi, “InnoTechno park” va “AgroTech Clusster” zavodlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, O’zbekistondagi UNESCO xalqaro tashkilotiga loyixa ishtirokchilarini tashrifi amalga oshirilib, Ta’lim bo’yicha Milliy Professsional raxbar Baxtiyor Namozov bilan uchrashuv tashkil qilindi, Mazkur uchrashuvda  ikki tomonlama amalga oshirishi rejalashtirilgan faoliytalarni batafsil to’xtalinib,  UNESCO tashkiloti tomonidan rejalashtiriladigan turli xalqaro tadbirlarda loyixa ishtirokchilarini faol qatnashishga va hamkorlikda ishlash bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi.

Ishonamizki, bu kabi xalqaro grantlar doirasida Janubiy Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan zarur jixozlar bilan ta’minlanadigan zamonaviy laboratoriyalarda mamlakatimiz talabalari xorijiy va milliy professor-o’qituvchilardan yetarli bilim va ko’nikmlarni egallab, yaqin kelajakda jamiyat ravnaqi va mexatronika soxasini davlatimizdagi taraqqiyotiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shishadi.