“Raqamlashtirish sharoitida zamonaviy didaktik modellardan foydalanish: fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

18.04.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti iqtisodiyot fakulteti

tillar kafedrasining “Raqamlashtirish sharoitida  zamonaviy didaktik modellardan foydalanish: fan, ta’lim va amaliyot  integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

18-aprel, 2026-yil

        Hurmatli hamkasblar!


“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti Tillar kafedrasi:

·        Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasining Chelyabinsk filiali;

·        Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti;

·        Moskva davlat pedagogika universiteti;

·        Qozon Federal universiteti;

·        Verner menedjment universiteti qoshidagi rus tili markazi;

·        Moskva shahar pedagogika universiteti;

·        Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti;

·        Pekin pedagogika universiteti;

·        Nizomiy nomidagi milliy pedagogika universiteti;


Navoiy davlat pedagogika universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 2026-yilning 18-aprel sanasida “RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ZAMONAVIY DIDAKTIK MODELLARDAN FOYDALANISH: FAN, TA’LIM VA AMALIYOT  INTEGRATSIYASI”  MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA tashkil etmoqda.


                                      

Konferensiyaning maqsadi:

Ta’limda raqamlashtirish sharoitida zamonaviy didaktik modellarni qoʻllashning dolzarb masalalarini muhokama qilish, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining ilgʻor ilmiy va amaliy tajribalari bilan almashish.

Konferensiyaga quyidagilar ishtirok etishga taklif etiladi.

Olimlar, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrantlar (ilmiy rahbarlar bilan birgalikda), shuningdek, e’lon qilingan dolzarb muammolarga ilmiy qiziqish bilan yondashadigan mutaxassislar.

Konferensiya doirasida:

1.“Raqamli ta’lim muhitidagi innovatsion didaktik modellar: xalqaro tajriba va rivojlanish istiqbollari” mavzuidagi yalpi majlis.

2.Konferentsiya ishtirokchilarining ilmiy tadqiqotlarini taqdim etish va muhokama qilish bilan boʻlim majlislari koʻzda tutilgan.

Konferensiyani oʻtkazilish joyi:

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qori-Niyoziy, 39

Konferensiyaning boshlanish vaqti: Toshkent vaqti bilan soat 10:00

Ishtirok etish formati: Gibrid (yuzma-yuz va masofadan turib; ZOOM-platforma).

Konferensiya havolasi va dasturi tadbir boshlanishidan ikki kun oldin Telegram guruhida joylashtiriladi: https://t.me/+zKa5frbd8W00NDZi

Konferensiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

1. Raqamlashtirish kontekstida til va adabiy ta’limning zamonaviy didaktik modellari.

2.Tilshunoslikda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: nazariya va amaliy tadqiqotlar.

3. Filologiyada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va yechimlar.

4.Tillarni oʻqitish metodologiyasidagi zamonaviy tendensiyalar.

5. Qiyosiy va solishtirma tilshunoslik muammolari.

Maqola qabul qilish tillari:

 Rus tili, oʻzbek tili, ingliz tili


Ishtirok etish tartibi

Konferensiyada ishtirok etish uchun  2026-yilning 4-aprel sanasigacha konferensiya yoʻnalishi koʻrsatilgan maqolani quyidagi elektron pochtaga yuborish kerak: s_lilian@mail.ru yoki Telegramda: +998913010818 (Samambetova Feruza) yoki  +998 913000940 (Seytenova Venera Andreyevna).

Maqolani rasmiylashtirish talablari

Umumiy talablar:

maqola hajmi 4–6 bet;

fayl formati  docx;

maydonlarhar tomondan 2 sm;

orientatsiya portret;

shrift Times New Roman;

shrift hajmi 12; 

tekislash sahifa eni boʻyicha;

abzasning chegarasi 1 sm;          

satr oraligʻi 1,5

Maqolani rasmiylashtirish tartibi:

Maqola matnidan oldin quyidagilar koʻrsatiladi:

• UDK;

• muallif(lar)ning F.I.Sh;

• ilmiy daraja, ilmiy unvon, lavozimi va ish joyi;

• shahar, mamlakat;

• elektron pochta manzili (yuqori oʻng burchakda);

• maqola sarlavhasi (katta harflarda, markazda);

• rus, o‘zbek va ingliz tillarida annotatsiya, 300–600 belgidan iborat (bo‘shliqlar bilan birga);

• kalit soʻzlar  (5–8 soʻz).

Maqolaning oxirida alifbo tartibida berilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matndagi havolalar kvadrat qavs ichida beriladi, masalan: [1, 44-bet].

Koʻrgazma materiallari:

rasmlar arab raqamlari bilan raqamlangan va “Rasm” soʻzi bilan belgilanadi. Sarlavha rasmning pastki qismida qalin shrift bilan markazga joylashtiriladi;

jadvallar arab raqamlari bilan raqamlanadi: raqam va “Jadval” soʻzi oʻng tomonda, undan keyin jadval nomi (qalin shrift bilan) pastda markazda koʻrsatiladi.

Qoʻshimcha talablar:

 maqola fayli konferensiya yoʻnalish raqami va birinchi muallifning toʻliq ismi bilan nomlanadi;

 mualliflar soni ikkitadan oshmasligi kerak;

talablarga javob bermaydigan maqolalar nashrga qabul qilinmaydi;

 mualliflar taqdim etilgan materiallarning toʻgʻriligi va plagiatning yoʻqligi uchun javobgardirlar.

Materiallarni chop etish

Barcha konferensiya ishtirokchilariga toʻplamning elektron nusxalari va sertifikatlar taqdim etiladi. Konferensiya materiallari maqolalarning elektron toʻplami sifatida nashr etiladi va universitet veb-saytida joylashtiriladi: https://tiiame.uz/

Nashr narxi

• Oʻzbekiston Respublikasidagi ishtirokchilar uchun — 100 000 soʻm;

• Xalqaro ishtirokchilar uchun — nashr bepul.

Toʻlov 2026-yil 4-apreldan kechiktirilmasdan, maqola toʻplamga kiritilganligi tasdiqlangandan soʻng amalga oshiriladi.

Toʻlov uchun karta raqami: 5614682105120895

Tashkiliy qo‘mitaning aloqa uchun ma’lumotlari:

·+998 90 993 45 69 – Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna

·+998909287333 – Tasheva Umida Temurovna

·+998913010818 – Samambetova Feruza To‘libayevna

·+998975863553 – Jo‘rayeva Matluba To‘laganovna

MAQOLA, HAVOLA  VA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATINI RASMIYLASHTIRISH UCHUN NAMUNA

UDK 811.161.1:37.016

PROFЕSSIONAL O‘ZBЕK ERTAKCHILARI IJODI

Jamila Asqarova Baxodirovna,

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiO‘zbek tili, adabiyoti va folkloriinstituti yetakchi ilmiy xodimi,filologiya fanlari doktori (DSc)  

E-mail: jamilakhon@inbox.ru 

Annotatsiya: maqolada o‘zbek xalq ertakchilik sohasiga o‘z repertuarlari bilan munosib hissa qo‘shgan xalq ertakchilari –Nurali  Nurmat  o‘g‘li    hamda  Abdug‘ofur  Shukurovlar  ijodi  qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, maqolaning asosiy mazmunini bu ikki xalq ertakchisining bosib o‘tgan hayot yo‘li, ertak  olamiga  kirib  kelishi,  ijodkor  repertuarini  shakllanishiga  ta’sir  qilgan  sharoit  va  tashqi omillar,  ertakchilik  an’anasiga  mansub  ijro  uslubi,  til  xususiyatlari,  ertaklardagi  initsial  va  finalformulalarni tadqiq qilish tashkil qiladi.

Kalit so‘zlar: ertakchi, repertuar, to‘plam, an’ana, maishiy va sehrli ertaklar.

Аннотация: В стате проводится сравнителное изучение творчества народних сказителей, внесших достойний вклад в развитие узбекского сказочного искусства, —Нурали Нурмат угли и Абдугафура Шукурова. Основное содержание работи посвяшено исследованию жизненного пути этих двух народних сказителей, их вхождению в мир сказки, факторов, повлиявших на формирование их репертуара, особенностей исполнителской манери, язикових характеристик, а также инициалних и финалних формул в их сказках.

Ключевие слова: сказител, репертуар, сборник, традиция, битовие и волшебние сказки.

 

Annotation: The article comparatively studies the work of folk storytellers Nurali Nurmat ugli and Abdugafur Shukurov, who have made a worthy contribution to the field of Uzbek folk storytelling with their repertoires.  Also, the main content  of  the  article  is  formed  by  the  study  of  the  life  path  of  these  two  folk storytellers, their entry into the world of fairy tales, the conditions and external factors that influenced the formation of their creative repertoire, the performance style belonging to the fairy tale tradition, language features, and the initial and final formulas in fairy tales.

Key words: storyteller, repertoire, collection, tradition, household and magic tales.

 

O‘zbek xalq ertakchilik an’analarida muhim sub’yekt bu – ijodkor ertakchilardir. Ular og‘zaki ijodning bu turini o‘z hofizalarida saqlab, badihago‘ylik bilan ijro etadilar. Bir ijrochi tomonidan aytilgan ertak, ikkinchisi tomonidan to‘ldiriladi yoki qisqartiriladi, ba’zan yangi epizodlar bilan boyitiladi.

Ertakchilik sohasidagi kuzatishlar ijrochilarning maxsus tiplari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Oddiy ertakchi, professional epik va maishiy ertakchilar kabi turlarga bo‘lishi mumkin. Oddiy ijrochilar ertak qanday bo‘lsa, shundayligicha takrorlaydilar. Ular uchun ertak mavzusining ahamiyati muhim emas. Professional epik ertakchilar ko‘proq uzun, sarguzashtli, sehrli ertaklarni aytishga, maishiy ertakchilar esa shu mavzudagi ertaklar ijrosiga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyingi ikki tip ertakchilarda ijodkorlik va ijrochilik qobiliyati kuchli bo‘ladi [1, 42-b].

“Ertakchilar aytayotgan ertaklarini o‘zlarini o‘rab olgan tashqi muhit bilan bog‘lashga urinadilar. Ertakchi ertakning ko‘p asrli tradisiyasiga qaramay, o‘zini o‘rab olgan, o‘zi yashab turgan muhit va borliqning tasviri bilan boyitadi.  Ertakchi o‘z tabiatiga, dunyoqarashiga va psixologiyasiga mos keladigan ertaklarni aytadi. Bular esa ertakchining turmushga bo‘lgan munosabati va uning bilim doirasining qay darajada ekanini ko‘rsatadi” [2, 117-b].

Yuqorida ikki xalq ertakchisining repertuarlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelish mumkinki, N.Nurmat o‘g‘li ertaklari hazmi yengil, yumorga boyligi uchun zachinlardan unumli foydalangan. Uning ertaklarida ijrochi yashagan davr va makon koloriyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. A.Shukurov ertaklari esa asosan kattalarga mo‘ljallangani sababli zachin qismining poetikasi kam va qisqa. Ammo u ertakchilik qonun-qoidalariga, an’analariga to‘liq rioya qilgani, sehrli va mumtoz ertaklarni quvvai hofizasida saqlagani bilan boshqa ijrochilardan ajralib turadi. Shu o‘rinda, bu ikki ijodkor repertuarini shakllanishida mintaqaviy joylashuv ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan deyish mumkin. Xususan N.Nurmat o‘g‘li ertaklarining zachin qismi jarangdor, musiqiy va hissiyotga boy bo‘lib, bu hol ko‘proq Farg‘ona vodiysi ertaklariga xosdir. Qashqadaryo, Surxondaryo vohalarida esa ko‘pincha zachin juda qisqa jumlalardan tuziladi va bu A.Shukurov ertaklari misolida o‘z isbotini topgan. Shuningdek, ertakchi o‘z zamonasi va o‘zi mansub ijtimoiy tabaqaning dunyoqarashini poetik ifoda etadi. Shuning uchun ertaklarning yuzaga kelishi va tarqalishida shu ikki omilning o‘zaro munosabati bir-biriga uzviy bog‘liqdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  • O‘zbek xalq ertaklari haqida / Afzalov M.I. Toshkent: Fan, 1964. 1174 b.
  • O‘zbek xalq maishiy ertaklari / Beknazarov Q. Toshkent: Yoshlik, 1993. 447 b.
  • Folklor arxivi. Inv.No-(qo‘shimcha variant) / Saidmurod P. Toshkent: Fan, 1964. 1174 b.
  • Sovet Sharqi turkiy xalqlari ertakchilik an’analari tarixidan ocherklar / Egamov X.  Toshkent: Akademnashr, 1982. 44 b.
Iqtiboslarni formatlash boʻyicha eslatmalar:

• matnda: [manba raqami, b. bet], masalan: [1, 45-b.]

• bibliografiyada: toʻliq bibliografik tavsif.

• agar matnda bir vaqtning oʻzida bir nechta manbalar keltirilgan boʻlsa: [1, 3, 4].