Iqtisodiyot, turizm va biznesni boshqarishning mamlakat rivojlanishiga ta‘siri xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

23.05.2025

O‘zbekiston Resbublikasi, Toshkent Shahar Qori Niyoziy ko‘chasi, 39, 100000

ATAXBOROT XATI

ANJUMAN HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975- sonli “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-sonli “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon va qarorlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari, turizm va biznes boshqaruvi sohalaridagi o‘zgarishlar, muammolaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishga hissa qo‘shish maqsadida Yashil iqtisodiyot“TIQXMMI” MTU “Science and Innovation” Xalqaro Ilmiy Jurnali hamkorligida 2025-yil 23-may kuni “Iqtisodiyot, turizm va biznesni boshqarishning mamlakat rivojlanishiga ta‘siri” mavzusida turli fan sohalarida faoloyat olib borayotgan tadqiqotchilarning dolzarb muammolarga oid ilmiy izlanishlari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishini ma’lum qiladi.

Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti: 2025-yil 23-may kunlari, “TIQXMMI” MTU (onlayn va oflayn formatda).

Anjumanga maqolalar qabulining so‘nggi kuni: 2025-yil 15-may.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.


ANJUMAN TASHKILOTCHILARI

  • ØO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
  • Ø“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
  • Ø“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI


ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI

  • 1-bo‘lim: Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha:
  • Makroiqtisodiyot va valyuta iqtisodiyoti Mehnat iqtisodiyoti
  • Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti Davlat iqtisodiyoti
  • Siyosiy iqtisod Migratsiya iqtisodiyoti
  • Moliya va moliya bozorlari Xalqaro iqtisodiyot Bioiqtisodiyot
  • Yashil iqtisodiyot
  • 2-bo‘lim: Turizm yo‘nalishi bo‘yicha:
  • Sifatli turizmni milliy siyosatga integratsiyalash: gastronomiya, mehmonxona, sog‘lomlashtirish, sport, tabiat
  • Global barqarorlik standartlarini milliy sifatli turizm strategiyalariga integratsiya qilish
  • 3-bo‘lim: Biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha:
  • Kichik biznesni tashkil etish va boshqarish 
  • Liderlik odatlari va qobilyatlari
  • Riskni boshqarish Strategik rejalashtirish
  • Onlayn tijorat va veb-marketing 
  • Biznesda ayollar

  Konferensiyaga respublikadagi va xorijdagi oliy o‘quv yurtlari professor- o‘qituvchilari, ilmiy- tadqiqot institutlari, muzeylar, arxivlar hamda boshqa muassasalardagi ilmiy xodimlari, yosh olimlari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.


RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH

Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2025-yil 15-mayga qadar Dilnoza Narzullayeva (+998 958636340) @Science_MMM_journal telegramm profili orqali qabul qilinadi.

Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilardan 200 000 so‘m to‘lovi olinadi, xorijlik ishtirokchilar uchun bepul

Mualliflardan 20208000105517058001 hisob raqamiga to‘lov olinadi. (9860040104873951 - Raxmatullayeva Gulirano, plastik karta)

To‘lovdan keyin chekni yuborishingizni so‘raymiz.


ANJUMAN MATERIALLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR

  • Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
  • Annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda);
  • Foydalanilgan adabiyotlar ko‘rsatib o‘tilishi talab etiladi;
  • Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
  • Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlcham, 1,15 intervalda va 3-6 betdan iborat bo‘lishi lozim.


ANJUMAN MATERIALLARINING INDEKSLANISHI

Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro bazalariga, ilmiyanjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.

Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi.

Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik ma’lumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.


TASHKILIY QO‘MITA MANZILI

Manzil: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Resbublikasi, Toshkent Shahar Qori Niyoziy ko‘chasi, 39, 100000


1-ilova

 

Anjuman ishtirokchisi talabnomasi

 

1.

Muallif (lar) ning familiyasi, ismi, otasining ismi

 

2

Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

 

3

Ish / o‘qish joyi (muassasaning to‘liq nomi, qisqartirishlarsiz shahar

 

4

Maqola mavzusi

 

5

Shu’ba tartib raqami

 

6

Muallifning E-maili

 

7

Muallifning telefon raqami

 

 

2- ilova

NAMUNA: MAQOLA NOMI

Sodiqov Kamol Izzatullayevich - dotsent, “TIQXMMI” MTU

Vohidova Madina Pulatovna - “TIQXMMI” MTU talabasi

 

Annotatsiya: matn, matn, matn, matn, matn. 

Kalit so‘zlar: matn, matn, matn, matn, matn 

Asosiy matn….

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. “Universitet” nashriyoti. 2006. – 212 b

2. Hamrayev M. Ona tili fanidan lisoniy tahlil qoliplari. “Sharq” NMAK. 2015. – 123 b.