Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari

23.05.2025

Toshkent, O‘zbeksan

AXBOROT XATI 

«Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2025)»

halqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida

 (Toshkent, 2025 yil 23-24 may)

 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida Ayova shtati universiteti va Shimoliy Dakota shtati universiteti (AQSH), Boloniya universiteti va Florensiya universiteti (Italiya), Hohenxaym universiteti va Geyzenxaym universiteti (Germaniya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Anqara universiteti va Chukurova universiteti (Turkiya), Tabriz universiteti (Eron),  Shimoliy-Garbiy qishloq xojaligi va o‘rmonchilik universiteti va Shixezi Universiteti (Xitoy), al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Seyfulin nomidagi Qozoq agrar-texnika universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston) olimlari bilan hamkorlikda 2025 yil 23-24 may kunlari «Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2025)» halqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.

 

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1 -  Qishloq xo‘jaligi texnikasi va energetika vositalari,

      yashil energiya tizimlari

2 -  Biomuhandislik va chiqindilarni qayta ishlash

3 -  Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish

4 -  Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va konservatsiya

       qilish

5 -  Tuproq, tuproq melioratsiyasi va ishlov berish texnologiyalari

6 -  Tabiiy resurslar va geotexnikaviy muhandislik

 
Asosiy sanalar:
Konferensiyani o‘tkazish sanasi – 2025 yil 23-24 may.
Ro‘yxatdan o‘tish va materiallarni qabul qilish – 2025 yil 23 maygacha.
Maqolalarni tuzatish va qabul qilinganligini tasdiqlash – 2025 yil 25 iyungacha.
Maqolani chop ettirish xarajatlarini to‘lash – 2025 yil 25 iyungacha.
To‘plamlarni nashriyotga jo‘natish – 2025 yil 30 iyulgacha.
To‘plamlarning chop etilishi va indeksatsiyalanishi: 2025 yil 4 kvartal –2026 yil 1 kvartal oralig‘ida.

 

Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar:

Konferensiyada tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ingliz tilida yaxshi talqin etilgan va belgilangan talablar asosida yozilgan maqolalar bilan ishtirok etishga ruxsat etiladi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiya seksiyalarining yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak.

Bitta muallif ko‘pi bilan 2 ta maqolada ishtirok etishi mumkin.

•    Maqola E3S Web of conferences, AIP Conference Proceedings va Springer Proceedings (Q4) nashriyotlari tomonidan ko‘rsatilgan shablonga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak;

•    Maqolalar ingliz tilida yaxshi yozilgan bo‘lishi kerak (xatolarga ega va sifatsiz tarjima qilingan maqolalar qabul qilinmaydi yoki to‘g‘rilash uchun qaytariladi);

•    Maqola hajmi 4-6 bet oralig‘ida bo‘lishi kerak (kamida to‘liq 4 bet);

•    Maqola Abstract, Introduction, Results and Discussion, Conclusion, References va boshqa bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak;

•    Adabiyotlarga havolalar nashriyot talablariga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak (konferensiya saytidagi namunaga qarang) va halqaro bazalarda indeksatsiyalangan chop etilgan ishlarga havolalar qilish zarur;

•    O‘lchov birliklarini ko‘rsatishda halqaro standart o‘lchov birliklardan, o‘nli kasrlarni ko‘rsatishda esa nuqtadan foydalaning (masalan, 0.002);

•    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida mualliflar ko‘pi bilan 2 ta o‘z maqolalariga havolalar qilishiga ruxsat etiladi;

•    Hamma maqolalar taqrizdan o‘tkaziladi hamda plagiatga va o‘z-o‘ziga havola qilishga, to‘g‘ri rasmiylashtirish va asllikga tekshiriladi. Tekshirishdan o‘tgan maqolalargina jurnalda chop etishga qabul qilinadi. Konferensiya taqrizchilaridan tashqari barcha maqolalar chop etilishi ko‘zda tutilgan jurnalda yana boshqadan plagiat va rasmiylashtirishga tekshiriladi va maqolani chop etish yoki chop etmaslik bo‘yicha yakuniy qaror jurnal tahririyati tomonidan qabul qilinadi. Bu hal qiluvchi bosqich hisoblanib, bu bosqichda kamchiliklar aniqlanib qaytgan maqolalar chop etilmaydi va to‘lovlar jurnalga to‘liq amalga oshirilganligi sababli to‘langan pullarni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli maqola topshirishda ushbu holatni to‘liq e’tiborga olish kerak.

Chop etishga yuborilgan maqolalarni yozishning rasmiy tili – ingliz tili.

Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar yo‘nalishiga qarab Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan E3S Web of conferences, AIP Conference Proceedings va Springer Proceedings (Q4) jurnallarida chop etiladi. Konferensiyada bevosita va masofadan ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar jurnalda chop etish uchun maqolalarini dastlab Word shaklida +998977266465 raqamiga Telegramm orqali taqdim etishlari yoki http://aegis2025.online konferensiya veb-sayti orqali yuklashlari so‘raladi.

Maqolalarni chop ettirish xarajatlari

- Maqolalarni chop etish uchun to‘lovlar:

- Talablar bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilgan maqola uchun – 2 700 000 so‘m yoki 200 dollar;

- Maqolani belgilangan talablarga moslashtirish xizmati bilan – 3 100 000 so‘m yoki 230 dollar;

- Maqolani to‘liq tarjima qilish va belgilangan talablarga moslashtirish xizmati bilan – 3 500 000 so‘m yoki 275 dollar.

Maqolalar qabul qilingandan so‘ng, maqola yuborilgan elektron pochtalarga tashkiliy badalni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari jo‘natiladi. Pul mablag‘lari 6262 5600 9262 8000 plastik kartasiga tashlab beriladi (Atxam Borotov nomida) va keyin +998977266465 raqamiga Telegramm orqali yoki atxamborotov@mail.ru elektron pochta orqali to‘lov kvitansiyasi, maqola raqami va nomini jo‘natish kerak.

          Nashr ishlari bo‘yicha xorijiy yetakchi mutaxassislar tomonidan maqolalarni ingliz tiliga tarjima xizmati ko‘rsatiladi. Tarjima xizmati uchun to‘lov maqolalar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Buning uchun maqolani mas’ullarga yuborish so‘raladi va sizga tarjima xizmati bo‘yicha xabar jo‘natiladi.

Tashkilotchi manzili: 

-                     “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU), 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy;

            Mas’ullar:  

            “TIQXMMI” MTUdan – Astanaqulov Komil Dullievich, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, tel.: +99871-237-19-07; mob.: +99897-130-45-74.

         e-mail: k.astanakulov@tiiame.uz, komiljon.astanaqulov@gmail.com