"ILM-FAN HAMDA MA'NAVIY-MA'RIFIY SOHANI YUKSALTIRISHDA XOTIN-QIZLARNING O'RNI: MUAMMO VA YECHIMLAR" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

27.02.2025

O’zbekiston Resbublikasi, Toshkent shahar Qori Niyoziy ko'chasi, 39, 100000

ILM-FAN HAMDA MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHANI YUKSALTIRISHDA XOTIN-QIZLARNING OʻRNI: MUAMMO VA YECHIMLAR XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2025-YIL 27-FEVRAL AXBOROT XATI 


ANJUMAN HAQIDA 2022 – 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston yosh olimalarining ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi”, Ilm-fanda gender tenglikni ta’minlash” hamda “Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish”, “Fan va innovatsiyalar taraqqiyotida olima ayollar ilmiy salohiyatidan foydalanish”, shu bilan birga ta'lim muassasalarida xotin–qizlar ma’naviy – ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning o‘rni va rolini ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berishda mahalla va oila ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, Globallashuv sharoitida jahon hamjamiyatida xotin - qizlar ma’naviy - ma’rifiy faolligini takomillashtirish muammolarini aniqlash kabi masalalar yetakchi olimlar hamda yosh tadqiqotchilar, talabalar tomonidan muhokama qilinadi.

Anjuman oʻtkazilish joyi va vaqti:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti, 27-fevral 2025-yil.

Anjumanga maqolalar qabulining soʻnggi kuni: 2025-yil 20-fevral. Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Anjumanning maqsadi:
O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ko‘lamni kengaytirish hamda ularni ilm-fan, madaniyat-ma’rifat, siyosiyiqtisodiy ishlardagi nufuzini yanada oshirish maqsadida muhokamalar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish. 


ANJUMAN TASHKILOTCHILARI 
  •  О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
  •  “TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI 
  •  TALABA VA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH MARKAZI 
  •  OILA VA GENDER ILMIY TADQIQOT INSTITUTI 
  • “SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI
ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI
1. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida olima ayollarning ishtiroki.
2. Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni: Gender tenglik.
3. Xotin - qizlar ma’naviy - ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning roli.
4. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH
 Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2025-yil 20-fevralga qadar Dilnoza Narzullayeva (+998 958636340) @Science_MMM_journal telegram profili orqali qabul qilinadi.
Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
 Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilardan 200 000 so‘m miqdorida to‘lov qilishi talab qilinadi.
Xorijlik ishtirokchilarga esa bepul. Mualliflardan 9860040104873951 (Raxmatullayeva Gulirano) plastik kartasiga to‘lov qilishi talab qilinadi.
To‘lovdan keyin chekni yuborishingizni so‘raymiz.

ANJUMAN MATERIALLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR
 Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak.
Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
  •  Annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda); 
  •  Foydalanilgan adabiyotlar ko‘rsatib o‘tilishi talab etiladi; 
  • Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak; 
  •  Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlcham, 1,15 intervalda va 4-8 betdan iborat bo‘lishi lozim.

ANJUMAN MATERIALLARINING INDEKSLANISHI
 Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro bazalariga, ilmiyanjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi.
Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi.
 Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik ma’lumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti.
Mas’ul: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti rahbariyati, xotin qizlar maslahat kengashi

Axborot xati pdf: 
https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/1e744343ad464640a0ea857563233ab0.pdf