📸"MENING BAXTLI ONLARIM" OILAVIY FOTOSURATLAR TANLOVI E'LON QILINADI!

06.08.2026

🌞Yozgi ta'tilni mazmunli va unutilmas lahzalarga boy o'tkazyapsizmi?

🇺🇿Unda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan "Mening baxtli onlarim" oilaviy fotosuratlar tanlovida ishtirok eting!

📌Tanlov mavzusi:
Yozgi ta'til davomida oila a'zolaringiz bilan birga o'tkazgan eng samimiy, quvonchli va unutilmas lahzalarni aks ettiruvchi fotosuratlarni biz bilan baham ko'ring.

📷Tanlovga quyidagilar taqdim etiladi:
• 2–5 ta sifatli fotosurat (JPG yoki PNG formatida);
• Fotosurat uchun qisqacha sarlavha;
• 100–200 so'zdan iborat izoh;
• Ishtirokchining F.I.Sh., fakulteti, kursi va guruhi.


🏆G'oliblar 1-, 2-, 3-o'rinlar bo'yicha diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
📅Materiallarni qabul qilish muddati: 20.08.2026
📍Materiallarni yuborish manzili: https://t.me/meningbaxtim_tanlov
✨Oilangiz bilan o'tkazgan eng baxtli onlarni suratga muhrlang va tanlovda ishtirok eting!
"Baxtli oila — baxtli jamiyat poydevori!"