Umumiy mukofot jamg‘armasi — 100 000 000 so‘m bo‘lgan tanlovda ishtirok eting!

17.11.2025

📢 Talaba–magistrlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion ishlanmalar tanlovi e’lon qilinadi!

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalari o‘rtasida ilmiy-ijodiy salohiyatni rivojlantirish, muammolarga innovatsion yechimlar topish va amaliy qiymatga ega ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilmiy-innovatsion ishlanmalar tanlovi” e’lon qilinadi.

Tanlovda faqat bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etadi.

❇️ Ishtirok etish faqat yakka tartibda amalga oshiriladi.

📌 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich: texnik ekspertiza
  • 2-bosqich: taqdimot asosida g‘oliblar aniqlanadi

📝 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion ishlanma yoki g‘oya taqdim etishi mumkin:

  • 🔹 amaliy qiymatga ega ilmiy yechimlar;
  • 🔹texnik va texnologik takliflar;
  • 🔹muhandislik, energetika, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa sohalarga oid yangiliklar;
  • 🔹iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy samaradorlikka ega innovatsion ishlanmalar;
  • 🔹konsepsiya, prototip, model yoki tayyor loyiha ko‘rinishidagi ishlanmalar.

Taqdim etiladigan materiallar:

  • 🔸ishlanma tavsifi va asoslantirilgan maqsadlari;
  • 🔸texnik chizmalar, modellar yoki kontseptlar (mavjud bo‘lsa);
  • 🔸iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha hisob-kitoblar
  • 🔸qo‘shimcha ilmiy materiallar (ixtiyoriy).

💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 100 000 000 so‘m!

❇️ Tanlov yakunida eng yaxshi 20 ta ilmiy-innovatsion ishlanma pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

♻️ Shuningdek, faol ishtirokchilarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etilishi mumkin.

📆 Arizalarni 21-noyabrga qadar qabul qilinadi.

📥 Ariza topshirish quyidagi link orqali amalga oshiriladi.

Ariza topshirish👉 https://forms.yandex.ru/cloud/69186c2e84227c5df8ef07e3

📍 Qo‘shimcha ma’lumot: @TIQXMMI_IQTIDOR

🚀 Ilmiy va innovatsion g‘oyalaringizni amaliy natijaga aylantirish fursatini boy bermang!