Umumiy mukofot jamg‘armasi — 100 000 000 so‘m bo‘lgan tanlovda ishtirok eting!
17.11.2025
📢 Talaba–magistrlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion ishlanmalar tanlovi e’lon qilinadi!
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalari o‘rtasida ilmiy-ijodiy salohiyatni rivojlantirish, muammolarga innovatsion yechimlar topish va amaliy qiymatga ega ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilmiy-innovatsion ishlanmalar tanlovi” e’lon qilinadi.
Tanlovda faqat bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etadi.
❇️ Ishtirok etish faqat yakka tartibda amalga oshiriladi.
📌 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- 1-bosqich: texnik ekspertiza
- 2-bosqich: taqdimot asosida g‘oliblar aniqlanadi
📝 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion ishlanma yoki g‘oya taqdim etishi mumkin:
- 🔹 amaliy qiymatga ega ilmiy yechimlar;
- 🔹texnik va texnologik takliflar;
- 🔹muhandislik, energetika, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa sohalarga oid yangiliklar;
- 🔹iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy samaradorlikka ega innovatsion ishlanmalar;
- 🔹konsepsiya, prototip, model yoki tayyor loyiha ko‘rinishidagi ishlanmalar.
Taqdim etiladigan materiallar:
- 🔸ishlanma tavsifi va asoslantirilgan maqsadlari;
- 🔸texnik chizmalar, modellar yoki kontseptlar (mavjud bo‘lsa);
- 🔸iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha hisob-kitoblar
- 🔸qo‘shimcha ilmiy materiallar (ixtiyoriy).
💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 100 000 000 so‘m!
❇️ Tanlov yakunida eng yaxshi 20 ta ilmiy-innovatsion ishlanma pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
♻️ Shuningdek, faol ishtirokchilarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etilishi mumkin.
📆 Arizalarni 21-noyabrga qadar qabul qilinadi.
📥 Ariza topshirish quyidagi link orqali amalga oshiriladi.
Ariza topshirish👉 https://forms.yandex.ru/cloud/69186c2e84227c5df8ef07e3
📍 Qo‘shimcha ma’lumot: @TIQXMMI_IQTIDOR
🚀 Ilmiy va innovatsion g‘oyalaringizni amaliy natijaga aylantirish fursatini boy bermang!