Hurmatli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar!

15.10.2025

  Sizlarni 15–18 oktyabr kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha bo‘lib o‘tadigan “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-trening darslariga taklif etamiz.

  Seminarni Nobel mukofoti sovrindori, Niderlandiyaning Wageningen universiteti faxriy professori hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Ekologiya va huquq fakulteti EkoGIS markazi professori Rik Leemans olib boradi.

  Seminarlarda global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘nggi ilmiy yondashuvlar, iqlim tizimining ishlash mexanizmlari va inson faoliyatining unga ta’siri muhokama qilinadi.

📘 Eslatma: Seminar-trening darslari ingliz tilida olib boriladi.

Barcha qiziquvchilarni ushbu seminarga taklif etamiz! 🌱

📆 Sana: 15–18 oktyabr

🕙 Vaqt: 10:00 – 12:00

📍 Joy: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, 1-konferensiya zali

Seminar-treningda qatnashmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:

🔗 https://forms.gle/iSSJfddCksGsqspf7