15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollar kuni!

15.10.2025

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollar kuni munosabati bilan qishloq mehnatkash ayollarining fidokorona mehnati va oila, jamiyat hayotidagi o‘rnini e’zozlash maqsadida “Hosil bayrami” tadbiri tashkil etilmoqda.

  Mazkur sana — zaminni obod qiluvchi, hayotga baraka va totuvlik baxsh etuvchi qishloq ayollarini sharaflash, ularning jamiyat rivojidagi beqiyos hissasini qadrlash kunidir.

Bayram dasturida:

  • 🍽 Milliy taomlar ko‘rgazmasi,
  • 🧵 Hunarmandchilik yarmarkasi,
  • 🏆 Faol talaba-qizlarni taqdirlash marosimi,
  • 💃 Quvnoq o‘yinlar va raqslar rejalashtirilgan.

Tadbir universitet talaba-qizlari tashabbusi bilan, Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

📍 O‘tkazish joyi: Talabalar turar joylari

🕓 Boshlanish vaqti: soat 16:00