“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar diqqatiga!

10.10.2025

Joriy yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman bosqichlari boshlanganini e’lon qilamiz.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • 🔹14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.

Nomzodlar Adabiyot, San’at, Fan, Ta’lim, Madaniyat, Sport, Jamoatchilik va IT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

👉👉👉 Hujjatlar joriy yilning  30-oktyabr sanasiga qadar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi.