Texnik topshiriq

29.09.2025

1. Xizmatlarga qo‘yiladigan umumiy talablar

  • - Konferensiya davomida (3 kun) barcha sessiyalar, panel muhokamalari, ma’ruzalar, rasmiy ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, norasmiy uchrashuvlar foto va video tasvirga olinishi shart.
  • - Tasvirga olish jarayoni professional uskunalarda amalga oshirilishi, yuqori sifat (Full HD yoki 4K formatda) ta’minlanishi kerak.
  • - Olingan barcha materiallar konferensiya yakunida buyurtmachiga elektron va tashqi xotira (hard disk yoki flash) ko‘rinishida topshirilishi lozim.

2. Xizmatlarga qo‘yiladigan xususiy talablar

Asosiy talablar:

Davomiylik: 3 kun

Ishtirokchilar soni: 150 nafardan ortiq

Joylashuv: Konferensiya o‘tkaziladigan manzilda va unga yaqin hududlarda

Xizmat turlari:

  Foto xizmatlar

  • Har kuni barcha sessiyalarni professional suratga olish
  • Guruhiy rasm va individual ishtirokchilar uchun portret fotosuratlar
  • Olingan rasmlarni dastlabki qayta ishlash (rang, yorug‘lik)
  • Har kuni asosiy suratlarning qisqa tanlovi (10–15 ta) tezkor ravishda buyurtmachiga yetkazish

  Video xizmatlar

  • Sessiya va marosimlarni uzluksiz video tasvirga olish
  • Asosiy nutqlar va panel muhokamalarini alohida yozib olish
  • 3 kun yakunida qisqa videorolik (3–5 daqiqa) montaj qilib tayyorlash
  • To‘liq materiallarni xom va montaj qilingan ko‘rinishda topshirish

Texnik talablar:

  • Foto va video kamera professional darajada (Full HD/4K)
  • Sifatli ovoz yozish uskunalari mavjud bo‘lishi
  • Fotoxizmatlar uchun yorug‘lik uskunalari kerak bo‘lganda ishlatilishi

3. Umumiy shartlar

  • Xizmatlar sifati professional talablarga mos bo‘lishi kerak.
  • Olingan barcha materiallar buyurtmachining mulki hisoblanadi.
  • Buyurtmachi bilan jadval oldindan kelishiladi.
  • Takliflar 2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrgacha qabul qilinadi.