Munosabat

06.10.2025

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan yer silkinishi boʻlgan tunda universitetimiz yotoqxonasidagi holatga munosabat!

 

2025-yilning 5 oktabrida tungi soat 01 larda sodir boʻlgan texnogen holat-yer qimirlashi natijasida  "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining 8-sonli yotoqxonasida  istiqomat qiluvchi talabalar choʻchib pastga tushishgan va eshik oldida toʻplanishgan. Qorovul bir daqiqaga yetar-yetmas eshikni ochguniga qadar qaysidir talaba jarayonni tasvirga tushirgan.

Hozirda talabalar koʻngli toʻq, xotirjam, ruhiyati tetik. Hech kimga, hech qanday ziyon va talofat yetmagani xususida axborot beramiz.

        Universitet matbuot xizmati