“O‘ZBEKGIDROENERGO AJ nomdor stipendiyasi tanlovi boshlandi!
06.10.2025
💡 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Quyidagi yo‘nalishlarda;
- 🔹 Energetika (shu jumladan gidroenergetika);
- 🔹 Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligi, daryo inshootlari, GES qurilishi);
- 🔹 Sug‘orish tizimlarida gidrotexnika obyektlari;
- 🔹 Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish va avtomatlashtirish;
- 🔹 Qurilish va bino-inshootlar dizayni (landshaft dizayni bilan birga);
- 🔹 Konstruktorlik ishi (metall, qurilish materiallari, texnologik jihozlar konstruksiyalari);
bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin.
🏆 Tanlovga qo‘yiladigan talablar:
- ✅ O‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borayotgan;
- ✅ Axborot-kommunikatsion va raqamli texnologiyalarni mukammal egallagan;
- ✅ Chet tillarni yaxshi biladigan;
- ✅ Fan olimpiadalari, konferensiyalar yoki jamoat ishlarida faol ishtirok etgan;
talabalar qatnashishi mumkin.
📅 Hujjat topshirish muddati:
- 🕓 2025-yil 10-oktyabrga qadar
📎 Talab etiladigan hujjatlar:
- 1️⃣ Ariza (dekanat orqali)
- 2️⃣ Ilmiy kengash bayonidan ko‘chirma (nomzod tavsiyasi bilan)
- 3️⃣ Talabaning yutuqlari va faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar
💬 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- 📞 Iqtidorli talabalar bo‘limi: +998939589339 shuningdek fakultet dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
📢 Eslatma:
- Tanlov yakunida 5 nafar eng munosib talaba “O‘zbekgidroenergo” AJ nomdor stipendiyasining keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi!
🎯 Ilm, tashabbus va iqtidor egalariga – katta imkoniyat!